"Real" muxlislari uchun xushxabar!

  • 27 mart, 2021, 10:16
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi anchadan beri himoya chizig‘idan kadrlar muammosiga duch kelmoqda. Biroq vaziyat yaxshilana boshladi.

Xabarlarga ko‘ra, o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal jarohatidan tiklanib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. 29 yoshli futbolchi fevral oyida o‘rtalaridan beri maydonga tusha olmayapti. U sonini shikastlab olgani uchun safdan chiqqan edi.

O‘sha paytda Dani 2 oyni o‘tkazib yuborishi taxmin qilingandi. Ushbu hafta ispaniyalik fulbek to‘p bilan ishlashni boshladi va katta ehtimol bilan, FIFA kunlaridan keyin asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor holatda bo‘ladi. Avvalroq, madridliklarning yana bir etakchisi Serxio Ramos jarohat tufayli bir necha o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligi aytilgandi.

Karvaxal joriy mavsum 12 ta o‘yinda "qirollik klubi" sharafini himoya qilib, o‘z hisobiga 4 assistni yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!