"Real" muxlislari uchun yaxshi yangilik!
"Real" hujumchisi Karim Benzema tez orada Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytiradi, deya xabar berdi jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali.
Manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi jamoa bilan 2024 yilning yoziga qadar amal qiladigan yangi bitim imzolaydi. Hozircha kelishuvda Karimning maoshi qanchaga o‘zgarishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilmagan. Futbolchining “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
“Transfermarkt” portali Frantsiya terma jamoasi a’zosining narxini 30 million evroga baholagan.
O‘tgan mavsum yakunida 34 yoshli forvard La Liga va Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purariga aylangandi. Ayni damda frantsuz "Oltin to‘p" uchun kurashda asosiy favorit hisoblanadi.

Fikrlar