
"Real" "Napoli" futbolchisi uchun 70 mln va Xamesni bermoqchi
"Napoli" markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
El Desmarque nashriga ko‘ra 28 yoshli senegallik futbolchi xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Ispan klubi "Manchester Siti" futbolchi uchun kurashdan chiqqanidan so‘ng da’vogarlik qilishni boshladi, deyiladi manba xabarida.
Oldinroq, futbolchi uchun "Manchester Yunayted" 70-75 million evro sarflashga tayyor ekanligi haqida xabar berib o‘tgan edik.
Madridliklar esa ushbu summaga qo‘shimcha Xames Rodrigesni ham berishga tayyor. Kolumbiyalik xavbekga o‘tgan yozda neapolliklar qiziqish bildirishgan edi.
Shuningdek, Kulibalining o‘zi ham agar "Napoli" Chempionlar ligasi yo‘llanmasiini qo‘lga kirita olmasa, Neapolni tark etishga tayyor. Hozirda Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi jamoa A Seriyada 11 o‘rinda bormoqda.
Fikrlar