“Real” narxni tushirdi

  • 16 avgust, 2021, 14:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

“Real” norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor uchun 40-50 million evro miqdorida badal puli talab qilayotgan edi.

Tecno

Edegorga xaridor bo‘layotgan yagona jamoa – “Arsenal” madridliklarni bu narxni pasaytirishga ko‘ndirdi. “To‘pchilar” iste’dodli pleymeyker uchun 30 million evro berishga tayyor. Pulga ehtiyoj sezayotgan va Kilian Mbappening transferiga hozirlik ko‘rayotgan “Qirollik klubi” ham bu taklifni qabul qilishga rozi.

Martin Edegor “Real”ga 2015 yilda olib kelingan. Lekin norvegiyalik yarim himoyachi jamoaning asosiy tarkibiga kira olmayapti. Klub uni muntazam ijaraga bermoqda. Edegor avvalgi mavsumni “Arsenal”da yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!