"Real" nega Mbappening transferini e’lon qilmoqchi emas?
Kilian Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. FIFA qoidalariga ko‘ra, 1 yanvar kuniyoq iste’dodli hujumchi Frantsiyadan bo‘lmagan klub bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega.
Kilian Mbappe shu yozda "Real"ga o‘tishi kutilmoqda. Agar tomonlar yaqin kelajakda shartnoma imzolagan taqdirda ham, Madrid klubi PSJni hurmat qilgani uchun buni e’lon qilmaydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda. Gap shundaki, “Real” va PSJ UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalida bir-biriga qarshi o‘ynaydi.
Frantsiyaning L'Equipe nashri esa Mbappe mart oyigacha "qirollik klubi" bilan shartnoma imzolamasligi haqida xabar bermoqda.
22 yoshli Mbappe joriy mavsum PSJ safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol urdi.

Fikrlar