
"Real" nishonidagi futbolchiga "Bavariya" va "Liverpul" ham qiziqa boshladi
"Lester" klubida barqaror o‘yin namoyish etib kelayotgan Yuri Tilemans faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishi mumkin.
"Calciomercato" nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, belgiyalik futbolchiga "Bavariya" hamda "Liverpul"dan jiddiy qiziqish bor. Myunxen klubi uni tez orada shartnomasi yakunlanadigan Leon Goretskaga, mersisaydliklar esa, PSJga o‘tib ketgan Veynaldumga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
24 yoshli yarim himoyachining "tulkilar" bilan 2023 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasi bor. "Transfermarkt" portali uni 55 million evroga baholamoqda. Avvalroq, Yuri "Real" klubi qiziqishlari doirasiga tushgani xabar berilgandi.
Yuri "Lester" safida joriy mavsum 14 uchrashuvda maydonga tushib, 3 tadan gol va assist muallifiga aylandi.
Fikrlar