"Real" oʻz yulduziga oʻta baland narx qoʻydi
Yozda havbek Orelien Tchuameni «Real Madrid»ni tark etishi mumkin. TEAMtalk nashrining yozishicha, futbolchi Joze Mourinyo qo‘l ostida unga asosiy tarkibda doimiy o‘rin kafolatlanmasligini tushunib yetgan.
Manbalarga ko‘ra, Tchuameniga eng jiddiy qiziqish bildirayotgan jamoalar — Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari. Shu bilan birga, uning atrofidagi vaziyatni «Arsenal» va «Chelsi» ham kuzatib bormoqda. Biroq fransiyalik futbolchining London klublaridan biriga o‘tishi ehtimoli ancha past baholanmoqda.
Xabar qilinishicha, «Real» Tchuameni bilan xayrlashish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor. Madrid klubi uni taxminan 100 million yevro atrofidagi miqdorga sotishni rejalashtirmoqda. Ispaniyaliklar bu transferdan tushadigan mablag‘ Mourinyo boshlagan jamoani qayta qurish jarayonini moliyalashtirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.

Fikrlar