
“Real” orzusidagi futbolchini tekinga olmoqchi
“Real” mutasaddilari “Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
“Aristokratlar” yozda shartnomasi yakunlanadigan germaniyalik o‘yinchini Londonda qolishga ko‘ndira olmayapti. Asosiy masala tomonlar maosh borasida bir to‘xtamga kelisha olmayotganida.
Antonio Ryudiger Tomas Tuxel jamoasining asosiy himoyachisiga aylanganidan keyin haftasiga 200 ming funt maosh talab qilyapti. Klub unga 160 ming funtdan ortiq to‘lamoqchi emas.
“Qirollik klubi” Florentino Peres vakillari orqali Antonio Ryudigerga o‘z jamoasidan joy berishga tayyorligini aytyapti. Madridliklar “Chelsi” yulduzini inglizlar bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Tomas Tuxel o‘z hamyurtidan umidini uzib, o‘rniga “Sevilya”dan Jyul Kundeni olib kelmoqchi.
Fikrlar