
"Real" o‘z yulduzini "Barselona"ga qo‘yib yubormoqchi emas
Madridning "Real" klubi Marko Asensio bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Uning amaldagi shartnomasi shu yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
"Marca" xabariga ko‘ra, vinger Madrid klubida qolmoqchi. "Real" Madrid rahbariyati allaqachon unga shartnomani uzaytirish taklifini jo‘natgan.
Asensioga boshqa top jamoalardan taklif bor. Agent Xorxe Mendesh barcha takliflarni tinglaydi, ammo ispaniyalik futbolchining ustuvor maqsadi "Real" bilan yangi shartnoma imzolash ekanini biladi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining taqdiri 2-3 hafta ichida hal bo‘ladi. Bunda moliyaviy masala u qadar katta rol o‘ynamasligi aytilmoqda.
Fikrlar