
"Real" prezidenti: Bizni Neymar ham, Mbappe ham qiziqtiradi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres Cadena SER radiostantsiyasiga bergan intervyusida tarkibni kuchaytirish haqida berilgan savolga javob berdi.
Bu boradagi savollarning aksariyati “qirollik klubi” yozda Neymarni sotib oladimi yoki Kilian Mbappenimi degan mazmunda bo‘ldi.
“Bizni ikkalasi ham qiziqtiradi”, - deydi Peres.
Qayd etish lozimki Transfermarkt talqini bo‘yicha Neymarning narxi 180 mln evro, Mbappeniki esa 200 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar