
“Real” qatorasiga ikkinchi UEFA Superkubogini qanday qo‘lga kiritdi? (Video)
Makedoniya poytaxti Skope shahridagi “Filipp II” stadionida “Real Madrid” xamda “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi UEFA Superkubogi bahs bo‘lib o‘tdi.
Unda EChLning amaldagi g‘olibi – “Real” MYuni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va o‘z tarixida to‘rtinchi bor UEFA Superkubogini qo‘la kiritdi.
Qayd etish kerakki, madridliklar mazkur sovrinni qatorasiga ikkinchi bor qo‘lga kiritishmoqda. O‘tgan mavsumda “Real” “Sevilya”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan holda UEFA Superkubogiga ega bo‘lgandi.
Fikrlar