“Real” qo‘rqib qoldi

  • 25 oktabr, 2021, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati yozda bir necha yirik transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Xususan, “Qirollik klubi” norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni ham Madridga olib kelmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Borussiya” to‘purari uchun kurashga moliyaviy jihatdan ancha qudratli bo‘lgan “Chelsi”ning qo‘shilishi “Real” rahbariyatini cho‘chitmoqda. Bu bejiz emas albatta. Dortmundliklar Roman Abramovich klubiga Xoland transferi bo‘yicha muzokaralar imtiyoz berishini ma’lum qilgan.

“Borussiya” rahbariyati Xoland transferi doirasida Germaniya terma jamoasining eng salohiyatli futbolchilaridan biri Kay Xavertsni qo‘lga kiritishni mo‘ljallayapti. Dortmundliklar Xoland uchun ma’lum miqdorda pul va Kay Xavertsni berishni talab qiladi.

Qoalversa, “Real”da ayni paytda “Borussiya”ni qiziqtiradigan birorta futbolchi yo‘q. “Qirollik klubi”da o‘ta qimmatbaho hujumchilar toifasiga kiradigan Xoland uchun katta miqdorda xarajat qilish imkoni ham cheklangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!