“Real” rahbariyati Benzemaga o‘rinbosar kerak emas deb hisoblaydi. Sababi...

  • 19 iyul, 2022, 14:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi “Real Sosedad” hujumchisi Aleksandr Isakni sotib olish borasidagi fikridan qaytdi.

"Qaymoqranglilar" shvetsiyalik hujumchi uchun 60 million evro to‘lashga tayyor emas, - deya xabar berdi “Fichajes” nashri. Avvalroq, futbolchiga "Nyukasl" ham qiziqish bildirgan, biroq inglizlar ham shunga o‘xshash sabab bilan transferdan bosh tortgandi.

Madrid klubi Karima Benzemaga o‘rinbosar topish maqsadida Isakka qiziqish bildirgan edi. Boisi, Luka Yovich "Real"ni tark etib, "Fiorentina"ga o‘tdi va Mariano Diasning ham kelajagi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Eden Azar mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatayotganidan mamnun. Qolaversa, Anchelotti Marko Asensioga ham  imkoniyat berishi mumkin. Shuning uchun “qirollik klubi” forvard sotib olish fikrini o‘zgartirdi.

Isak o‘tgan mavsumda “Sosedad”ning La Liga doirasidagi 32 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 gol va 2 golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!