“Real” Ronalduni qaytarish yo‘lini topdi

  • 22 mart, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoa tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan hisoblangan Krishtianu Ronalduni ortga qaytarish yo‘lini topgan ko‘rinadi.

Tecno

Hozirgi paytda madridliklar portugaliyalik futbolchi uchun talab qilinayotgan 60 million evroni berishga tayyor emas. Shu bois, “Qirollik klubi” xo‘jayinlari “Yuventus”ga ma’qul kelishi kutilayotgan variant tayyorlayapti.

Unga ko‘ra, “Real” Ronaldu transferi uchun “xamir uchidan patir” qabilida 10 million evro to‘laydi va jamoa yarim himoyachisi Iskoni “Yuventus”ga tekinga berib yuboradi.

Agar turinliklar bu variantga ko‘nsa, Krishtianu Ronalduga bir yillik shartnoma taklif qilinadi.

Portugaliyalik yulduz 2009-2018 yillar davomida madridlik sharafini himoya qilgan. Bu jamoa safida Ronaldu to‘rt marta Evropa Chempionlar ligasida zafar quchgan va to‘rt bor “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!