"Real" Ryudiger bilan shartnomani uzaytirdi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachi Antonio Ryudiger bilan yangi shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.
Yangi kelishuvga koʻra, 33 yoshli nemis futbolchisining shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Ryudiger 2022 yilning yozida "Chelsi"dan erkin agent sifatida "Real" safiga kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqtdan buyon u jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.
O‘tgan mavsumda tajribali futbolchi barcha musobaqalar doirasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Shu tariqa, "qaymoqranglilar" himoya chizig‘ining yetakchilaridan biri bilan hamkorlikni yana ikki yilga uzaytirdi.

Fikrlar