"Real" sardori koronavirus yuqtirib oldi

  • 13 aprel, 2021, 14:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi jiddiy kadrlar muammosiga duch keldi. Bosh murabbiy Zidanning ishongan uch himoyachisi Serxio Ramos, Rafael Varan hamda Dani Karvaxal jamoaga yordam bera olmayapti.

Tecno

Bugun tarqalgan ma’lumotlarga qaraganda, Ramos koronavirus infektsiyasini ham yuqtirib olgan va endi uning jarohatdan tiklanish jarayoni cho‘zilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Avvalroq, "El-kapitano" may oyi o‘rtalariga qadar safga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

35 yoshli futbolchi joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 gol va 1 ta assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda o‘z yakuniga etadi.

"Qirollik klubi" rahbariyati Ramos bilan kelishuvni uzaytirish borasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Unga PSJ, "Yuventus" hamda "Manchester Yunayted"dan qiziqish borligi haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!