“Real”: Shu yulduzdan qutilsak bo‘ldi!

  • 28 mart, 2022, 11:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Eden Azardan tezroq qutilmoqchi bo‘lyapti. Belgiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.

Tecno

Klub yozda uni sotib yuborishni yoki hech bo‘lmaganda, ijaraga jo‘natishni rejalashtirayotgan edi. Azarning o‘zi shartnomasining so‘nggi kunigacha Madridda qolish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” katta maosh olib, foyda keltirmayotgan o‘yinchidan qutilish uchun hamma narsaga tayyor. Ular Azarni ijaraga oladigan jamoalarga yarim himoyachi maoshining bir qismini to‘lab berishga ham tayyorligini bildirgan.

31 yoshli futbolchi joriy mavsumda 22 marta maydonga tushib, bitta gol va ikkita assist qayd etdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!