“Real” sobiq futbolchisi: “Barselona” — mafiya. Bu klubda o‘ynash uyat

  • 15 avgust, 2022, 14:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rafael van der Vart "Barselona"ning harakatlarini qattiq tanqid qildi.

Tecno

"Pul bo‘lmasa, qanday qilib buncha o‘yinchilarni sotib olish mumkin? Menimcha, bu uyat. Shuningdek, hamma joyda tabassum qilib turadigan Laporta o‘zini qirol deb hisoblaydi.

"Barsa" Frenki de Yongga qanday munosabatda ekanligini ko‘rdingizmi? Buni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. U juda ko‘p maosh oladi? Ha, to‘g‘ri, lekin uning shartnomasi bor. “Barsa” — mafiya va ular jazolanishi kerak.

Shu tufayli ko‘pchilik “Barselona”ni juda yomon ko‘radi. “Barsa” — ajoyib klub, shu bois, ko‘pchilik futbolchilar ushbu jamoada o‘ynashni istab kelgan. Ammo endi bunday bo‘ladi deb o‘ylamayman. Buyog‘iga ko‘pchilik futbolchilar uchun “Barselona”da o‘ynash uyat”, - dedi “Real”ning sobiq futbolchisi “Ziggo Sport” nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!