"Real" sobiq futbolchisi Madridga qaytadi

  • 27 avgust, 2022, 16:57
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" himoyachisi Serxio Regilon Ispaniya La Ligasiga qaytishi mumkin. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Madridning “Atletiko” klubi “shporlar” bilan transfer borasida muzokara boshlagan.

Tecno

Futbolchining o‘zi ham vataniga qaytishga qarshi emas. Avvalroq Regilon xizmatlariga "Nottingem Forest" va "Latsio" klublari qiziqish bildirishgan. Bu klublar futbolchini maoshini to‘liq to‘lagan holda sotib olish sharti bilan ijaraga olishga tayyor edi.

Regilon - "Real" Madrid tarbiyalanuvchisi. Ispaniyalik futbolchi "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Kontening rejalariga kiritilmagan, shu bois u o‘ziga yangi jamoa izlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!