“Real” superfutbolchi bilan muzokara boshladi. Transfer yaqin!

  • 10 noyabr, 2021, 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bilan yangi bitim borasida kelisha olmagan Antonio Ryudiger “Real” bilan muzokara boshladi.

Tecno

Ivision Sport nashrining xabar qilishicha, “Qirollik klubi” Ryudiger rad etolmaydigan shartnoma taklif qilishga tayyor.

Aslida “aristokratlar” ham etakchi himoyachisini Londonda olib qolishga harakat qilmoqda. Biroq, ular taklif qilayotgan sharoitlar germaniyalik futbolchini qoniqtirmayapti.

Manbalar madridliklarning Ryudiger bilan muzokarasi ijobiy tarzda davom etayotganini yozmoqda. Ispan klubi rahbariyati futbolchi uchun etarli mablag‘ topish yo‘lida “Real”ning to‘rt  nafar a’zosini sotib yuborishni mo‘ljallamoqda.

28 yoshli Ryudiger joriy mavsumda Angliya premer-ligasida o‘nta uchrashuvda ishtirok etdi va bir bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!