
“Real” superto‘purar uchun so‘nggi yurishni amalga oshiradi
“Real” rahbariyati hali jamoani tark etgan Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar olgani yo‘q. Nomzodlar orasida “Tottenxem”dan ketmochi bo‘lib yurgan Harri Keyn ham bor.
Ispaniyaning AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Qirollik klubi” angliyalik hujumchi uchun so‘nggi taklifini tayyorlamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar bu transfer uchun 100 million evrodan ortiq mablag‘ sarflamoqchi emas.
Agar “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levini bu summa qoniqtirmasa, “Real” mutasaddilari bu transferdan voz kechadi.
“Tottenxem” tarixida eng ko‘p gol urgan 29 yoshli Harri Keynning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi.
Fikrlar