“Real”: Supertransferga pul yo‘q!

  • 02.12.2020 12:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Qirollik klubi” rahbariyati o‘z orzusidagi futbolchi Kilian Mbappeni sotib olish uchun etarli darajada mablag‘ topa olmayapti.

Madridliklar 21 yoshli hujumchini yozda transfer qilishni rejalashtirayotgan edi. Ayni paytda Zidan jamoasi rahbarlari bu transferni amalga oshirish uchun turli variantlarni o‘rganib chiqayotgan bo‘lsa-da, Mbappeni olishning imkoni topilmayapti.

Bundan tashqari, “Real” Mbappe uchun mablag‘ topgan taqdirda ham uning ko‘p millionli maoshini ko‘tara olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shu bois, Ispaniya chempioni Mbappeni olish fikridan qaytish arafasida turibdi.

Transfermarkt portali PSJ hujumchisini 180 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!