"Real" tarixidagi hech bir murabbiy buni uddalay olmagandi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “el-klasiko”lar rekordchisiga aylandi. Bu haqda Mister Chip nashri xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, frantsiyalik mutaxassis boshqaruvidagi “Real” “Kamp Nou”dagi dastlabki 5 ta o‘yinda “Barselona”ga mag‘lub bo‘lmadi. Bundan avval ushbu natijani “qirollik klubi”ning hech bir murabbiyi uddalay olmagan edi.
Ma’lumot uchun, “Real” Zidan qo‘l ostida “Kamp Nou”da 2 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etdi.

Fikrlar