“Real” “Tottenxem”ning yosh yulduzi uchun 50 million evro bermoqchi
Angliyaning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Dele Alli faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Angliyalik futbolchiga Ispaniyaning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mirror.co.uk nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Allini madridliklar diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Agar xavbekning o‘yinlari o‘sishda davom etsa, “qirollik klubi” yozgi transferlar mavsumida sotib olishni rejalashtirishmoqda.

Shuningdek, “Real” vakillari 20 yoshlik Dele Alli uchun 50 million evro berishga tayyor. Ammo londonliklar futbolchining narxini 100 million evro qilib belgilashmoqchi.



Fikrlar