“Real” to‘xtamayapti: Madridliklar ikkita shov-shuvli transferni amalga oshiradi

  • 31 iyul, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati futbol yulduzlarini transfer qilish orqali o‘z muxlislarini xursand qilib kelmoqda.

Muhimi, madridliklar transferlarga oldindan harakat qilmoqda. Xususan, 2025 yilning yozida jamoa ikki himoyachi olib kelinadi.

“Qirollik klubi” xo‘jayinlari “Bavariya”dan Alfonso Devis va “Liverpul”dan Trent Aleksander-Arnoldni olish orqali himoyaning har ikki qanotidagi muammolarni uzoq muddatga yopmoqchi.

Madridliklar har ikki himoyachini erkin agent maqomida olishni rejalashtirgan. Shu bois, klub mutasaddilari qimmatbaho o‘yinchilarni o‘z klublari bilan yangi shartnoma tuzmaslikka ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Bir necha manbalar “Real” vakillari 23 yoshli Alfonso Devisni hamkorlikka ko‘ndirib bo‘lgan. Bu o‘yinchining transferi 50 million evroga baholanmoqda.

25 yoshli Trent Aleksander-Arnold ning transfer summasi ancha qimmat – 70 million evroni tashkil qiladi. Ayni paytda “Liverpul” o‘z himoyachisi bilan shartnomani yangilash bo‘yicha ish olib boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!