“Real”: U Ramosning o‘rnini egallaydi!

  • 5 yanvar, 2021, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” rahbariyati jamoa sardori Serxio Ramos bilan hamkorlikni uzaytirish borasida bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Ispaniyalik himoyachiga klub taklifi ma’qul kelmayapti.

“Qirollik klubi”  Ramosning ketib qolishi mumkinligini inobatga olib, uning o‘rnini bosadigan futbolchi topib qo‘ydi. Madridliklar Ramos bilan kelishi olmagan taqdirda, jamoaga “Vilyarreal” etakchisi Pau Torresni olib keladi.

23 yoshli himoyachi o‘z jamoasining etakchisiga aylanganidan tashqari, Ispaniya terma jamoasida ham ishonchli o‘yin namoyish qilmoqda. Unga Evropaning bir necha klublari xaridor bo‘layotir. “Vilyarreal” Torresni 50 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.

“Real” bu transferni yozda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!