
“Real” va “Barsa” “Liverpul” yarim himoyachisini kuzatib bormoqda
“Real” va “Barsa” klublari “Liveprul”ning 18 yoshli futbolchisi Stefan Baychetichni kuzatib bormoqda, deya xabar tarqatmoqda “Calcio Mercato” nashri. Ispan grandlari uni kelajakda yuqori darajadagi futbolchi bo‘lishiga ishonadi.
Ispaniyalik yarim himoyachi “Liverpu” akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, ushbu mavumdan asosiy jamoa safiga o‘tdi. Uning Mersisayd klubi bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Baychetich “Liverpul” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar