"Real" va "Livepul" "radari"dagi futbolchi EChLda rekord qo‘ydi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar ligasi guruh bosqichining “Sevilya”ga qarshi o‘yinida gol urdi.
Shu tariqa, 19 yoshli yarim himoyachi turnirning ketma-ket to‘rtta uchrashuvida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Ma’lumot o‘rnida, Bellingem bu mavsumda Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Judga Evropaning ikkita top-klubi qiziqish bildirmoqda. Uni "Liverpul" va "Real" o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.



Fikrlar