
"Real" va "Liverpul" o‘rtasidagi final uchrashuvida ishlaydigan hakamlar nomi e’lon qilindi
Evropa chempionlar ligasi final uchrashuvidan o‘rin olgan "Real" - "Liverpul" o‘yinini boshqaruvchi hakamlar nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, finalni Klemen Tyurpen boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Nikolas Danos va Siril Gringor assistentlik qiladi. To‘rtinchi hakam sifatida Benoit Basten nomi keltirilgan.
Shuningdek, VARda frantsiyalik Villi Delajo va ikki italiyalik Massimiliano Irratti hamda Filippo Meli ish olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, final bahsi 28-dan 29-mayga o‘tar kechasi 00:00da start oladi. Bellashuv Frantsiyadagi "Stad de Frans" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar