
"Real" va "Yuventus" qishda Eriksen bilan kelishib olishga urunib ko‘radi
Madridning "Real" klubi qishki transferlar davrida "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksen bilan kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Qayd etish lozimki, 27 yoshli daniyalik futbolchi uchun shuningdek “Yuventus” ham kurash olib bormoqda. Eriksenning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u 2020 yilning yanvaridan boshlab boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, Eriksen “Tottenxem” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida londonliklar safida jami 281ta o‘yinda maydonga tushdi va 67ta gol hamda 86ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar