"Real" Vinisiusni qanday rag‘batlantirmoqchi?

  • 15.06.2022 14:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Vinisius Junior "Real" bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda. Marca xabariga ko‘ra, Madrid klubi barcha rasmiyatchiliklarni shu yoki keyingi haftada hal qilmoqchi. Rasman vingerning yangi shartnomasi iyul oyida, jamoa ta’tildan qaytgach e’lon qilinadi.

Tomonlar faqat shartnoma muddatini kelishib olishlari kerak edi. "Real" amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amalda bo‘lgan futbolchiga 2028 yilgacha shartnoma imzolashni taklif qilgan. Ammo braziliyalik qisqaroq kelishuvga erishmoqchi - 2026 yoki 2027 yilgacha.

Yangi kelishuvga ko‘ra, Vinisiusning maoshi ikki baravar oshadi. Amaldagi shartnomaga ko‘ra, u yiliga 3,2 million evro maosh olmoqda. Bonuslar hisobiga bu summa yiliga 4 million evroga etishi mumkin. Yangi shartnomaga ko‘ra, Vinisius yiliga 10 million evro ishlab oladi. Bundan tashqari yangi shartnomada turli bonuslar ham bo‘ladi.

Yarim himoyachining tovon puli sezilarli darajada oshadi - 350 milliondan 1 milliard evrogacha. Bunday tovon faqatgina "qirollik klubi"ning asosiy yulduzlar uchun belgilangan. Shu tariqa, “Real” rahbariyati Vinisiusga uning jamoadagi o‘rni naqadar muhimligini bildirib, og‘ir damlarda ham unga boshqa klublar bilan hech qachon muzokara olib bormagani uchun minnatdorchilik bildirmoqchi.

21 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsum "Real" safida jami 52 o‘yinda 22 gol urdi va 16 golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!