"Real" Xames va Kovachich masalasida bir qarorga keldi

  • 14.03.2019 21:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi mavsumni ijarada o‘tkazayotgan futbolchilari – Xames Rodriges va Mateo Kovachichlarni transferga qo‘ymoqchi. Bu haqda El Confidencial nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres kolumbiyalik futbolchini 60 million, xorvatiyalik futbolchini esa 50 million evroga sotishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xames mavsumni “Bavariya”da, Kovachich esa “Chelsi”da o‘tkazmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda “Real” bundan tashqari shuningdek ijarada yurgan boshqa futbolchilar - Borxa Mayoral ("Levante"), Raul de Tomas ("Rayo Valekano"), Lukas Silva ("Kruzeyro") va Martin Edegorlarni ("Vitess") ham sotib yubormoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!