“Real” Xoland va Mbappeni kutib olishga tayyorlanyapti
Erling Xoland va Kilian Mbappega xaridor bo‘layotgan “Real” bu transferlar amalga oshirgunicha tarkibni tozalab, futbolchi sotish va ularga ketadigan maoshlari tejash orqali moliyaviy zaxira shakllantirmoqchi.
Yozda klubdan ketishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatining birinchining pog‘onasida ayni paytda ijara asosida “Tottenxem” sharafini himoya qilayotgan Garet Beyl qayd etilgan. Shuningdek, ushbu ro‘yxatdan himoyachilar – Rafael Varan, Marselo, yarim himoyachi Isko ham bor.
Jamoaga Krishtianu Ronalduning o‘rnini bosish uchun olib kelingan Eden Azar ishonchni oqlay olmadi. Klub xo‘jayinlari yozda belgiyalik yarim himoyachini ham sotib yuborishga tayyor. Bundan tashqari, jamoa sardori Serxio Ramos bilan ham muzokaralar vaqtincha to‘xtatildi.
Transfermarkt portali Mbappening transferini 180 million evroga baholamoqda. “Borussiya” ham Xoland uchu shuncha talab qilmoqda. Madridliklar hech bo‘lmasa, ulardan birini olishga harakat qiladi.

Fikrlar