"Real" yana bir ajoyib transfer amalga oshirish arafasida turibdi

  • 22.10.2022 20:19
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid qishki transfer oynasi paytida tarkibni kuchaytirish yo‘llanrini qidirmoqda. "Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi “Inter”da o‘ynayotgan Alessandro Bastonini o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda.

Alessandro Bastoni hozirda 23 yoshda bo‘lib, "transfermarkt" portali markaziy himoyachini 60 million evroga baholamoqda.

Umuman olganda, Alessandro “Inter” safida 130 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. Ushbu bahslarda himoyachi o‘z hisobiga uchta gol  va o‘nta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!