"Real" yana bir braziliyalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

  • 11.05.2023 15:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi va "Tottenxem" hujumchisi Risharlison kelasi yozda Ispaniya chempionatiga o‘tishi mumkin. "Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, janubiy amerikalik hujumchi xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda.

Risharlison uchun kurashda "qirollik" klubining asosiy raqibi - "Inter". 26 yoshli braziliyalik futbolchining transfer narxi 55 million evroga baholanmoqda. Uning "shporlar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Risharlison joriy mavsumda premer-ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!