"Real" yana bir futbolchisi bilan shartnomani o‘zaytirmoqchi

  • 04.02.2023 10:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi Dani Sebalos bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi rahbariyati 26 yoshli yarim himoyachiga shartnomani uzaytirish istagi haqida allaqachon ma’lum qilgan.
Ispaniyalik futbolchi 2017 yilda "qirollik klubi"ga o‘tgan edi. U "Arsenal"da ikki yil ijarada o‘ynadi (2019-2021).
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Dani "qaymoqranglilar" safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!