"Real" yana bir futbolchisini ijaraga berib yubordi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real"ning yangi yarim himoyachisi Ugo Valexo faoliyatini "Deportivo"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqida La-Korunya rasmiy sayti xabar bermoqda.

Madridliklar 19 yoshli vingerni "Malaga"dan xarid qilganidan so‘ng, uni mavsum so‘nggigacha o‘yin amaliyoti olishi uchun ijaraga berib yubordi.

"Qaymoqrangliklar" bilan 2023-yilgacha shartnoma imzolagan Valexo joriy mavsumda "Malaga" safida Ispaniya Segundasida beshta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!