"Real" yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 10 fevral, 2021, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi rasmiy sayti himoyachi Marseloning jarohat olganini ma’lum qildi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli braziliyalik futbolchi taxminan 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa, u 24 fevral kuni "Atalanta"ga qarshi bo‘ladigan EChL 1/8 final dastlabki bahsini o‘tkazib yuboradi.

Ta’kidlash kerakki, “Real”da Marselodan tashqari Serxio Ramos, Eden Azar, Lukas Vaskes, Eder Militao, Fede Valverde, Alvaro Odriosola va Rodrigo Goes kabi futbolchilar ham jarohatidan davolanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!