"Real" yana Ikardiga qiziqish bildira boshladi
Mavsumni PSJ safida ijarada o‘tkazayotgan “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi yana "Real"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, parijliklar 27 yoshli argentinalik futbolchini sotib olish huquqidan foydalanishmoqchi emas. Unga esa “Real”dan tashqari “Yuventus” ham qiziqmoqda.
Ikardi joriy mavsum PSJ safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar