
"Real" yana ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi
Xabaringiz bor, "Real Madrid" allaqachon Tibo Kurtua bilan shartnomani uzaytirgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Endilikda Madrid klubi yana bir necha futbolchi bilan yangi shartnomalarni tuzishni rejalashtirmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Kurtuadan keyin hujumkor yarim himoyachi Braim Dias "Real" bilan yangi shartnoma imzolaydi. 25 yoshli futbolchi bilan "qaymoqranglilar" kelishuvga erishgan.
Shuningdek, o‘tgan mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsata boshlagan 22 yoshli himoyachi Raul Asensio ham tez orada "Real" bilan yangi shartnomani imzolaydi.
Fikrlar