"Real" yangi futbolchisini tanishtirdi. U Ramosning raqamida harakat qiladi

  • 21 iyul, 2021, 16:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Avstriyalik himoyachi David Alaba rasman "Real" futbolchisi sifatida ommaga tanishtirildi. Bu haqda "qirollik klubi" matbuot xizmati xabar tarqatdi. 
 
Alaba yangi jamoasi to‘rtinchi raqamda harakat qiladi. Avval bu raqam PSJ safiga ko‘chib o‘tgan jamoa sardori Serxio Ramosga tegishli edi. 
 
Ta’kidlab o‘tamiz, Madrid klubi Alabani tekinga qo‘lga kiritdi. Iyun oyida futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi kelishuvi yakunlandi va erkin agent maqomida "qaymoqranglilar" safiga kelib qo‘shildi.
 
2020/21 yilgi mavsumda himoyachi 32ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan xamda 4ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!