“Real” yangi mavsum oldidan jiddiy muammoga duch kelishi mumkin

  • 26 iyul, 2022, 15:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumdan e’tiboran La Ligada ishtirok etadigan “Valyadolid" klubi "Real" hujumchisi Mariano Diasni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Tecno

28 yoshli hujumchi 2018 yilda “qaymoqranglilar” safiga ko‘chib o‘tgan, biroq shu kungacha jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. U uzoq vaqtdan beri Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida harakat qilib kelmoqda.

Ammo yangi mavsum oldidan "Real" zaxira hujumchilarisiz qolishi mumkin. “Defensa Central” nashri xabariga ko‘ra, Luka Yovich "Fiorentina"ga o‘tdi, Borxa Mayoral "Xetafe" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Endi esa Mariano Dias "Valyadolid" safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

La Liganing yangi ishtirokchisi bo‘lgan klub Ispaniya chempionatida yuqori o‘rinlarni egallashni maqsad qilgan va shu bois, yozda tarkibini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.

Dias o‘tgan mavsumda La Liga doirasidagi 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!