“Real” yangi yulduz oladi
“Bayer” bosh murabbiyi Peter Bos nihoyat jamoa etakchisi Kay Xavertsni jamoada ushlab qololmasligini tan oldi.
Ayni paytda Evropaning grand klublari 20 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham Kay Xaverts jamoa o‘yinini kuchaytirishiga ishonch bildirib, uni o‘z shogirdlari qatorida ko‘rmoqchi. Madridliklar yaqinlashib kelayotgan transferlar vaqtida uni qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.
Joriy mavsumda Kay Xaverts 34 ta uchrashuvda 10 ta gol urib, sakkizta golli pas uzatdi. “Bayer” bilan 2022 yilgacha shartnoma tuzgan futbolchining transferi 90 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar