
"Real" yozda hujumchisini ijaraga bermoqchi bo‘lgan
"Real Madrid" hujumchisi Endrik yozda "Yuventus"ga o‘tishi mumkin edi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi braziliyalik futbolchining xizmatlarini Turin klubiga yozgi transferlar oynasi boshida taklif qilishgan. Bunda sotib olish imkoniyatisiz ijaraga berish ko‘zda tutilgan.
Turin klubi rahbariyati ichki muhokamalardan so‘ng bu taklifni rad etishga qaror qildi. Iyul oyida Endrik 19 yoshga to‘lgan. Istiqbolli hujumchi jarohat tufayli joriy mavsumda hali maydonga tushmagan.
"Palmeyras"ning sobiq o‘yinchisiga Ispaniyaning "Valensiya" va "Selta" klublari ham qiziqish bildirgan. Transfermarkt portalida futbolchining qiymati 35 million evro deb ko‘rsatilgan.
Fikrlar