"Real" yozda top darajadagi hujumchi bilan shartnoma imzolaydi

  • 12 yanvar, 2023, 07:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni qo‘lga kiritish uchun jiddiy raqibga duch keldi. 

Nemis matbuotining yozishicha, yozda futbolchi uchun Madridning "Real" klubi ham taklif bilan chiqishi kutilmoqda. 

"Bavariya" uzoq vaqtdan buyon ingliz futbolchisini sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqdi va kelgusi mavsumda Keyn transferiga jiddiy yondashishi kutilmoqda. 

Qayd etish lozim, Keyn joriy mavsumda Premer-liganing 18 uchrashuvida maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!