
“Real” yulduz darajasiga ko‘tariladigan yangi futbolchini kutmoqda
“Real” klubi raqib hujumlarini buzish va himoyani mustahkamlashda mahorat ko‘rsatayotgan Kazemironi qo‘ldan chiqarishi mumkin. Garchi braziliyalik yarim himoyachining shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etsa-da, manchesterliklar uning o‘rnini bosa oladigan yangi futbolchi olmoqchi.
Hozircha, “Qirollik klubi”ga “Selta” yarim himoyachisi Renato Tapiya nomzodi ma’qul kelmoqda. 25 yoshli perulik futbolchi o‘tgan yili vigoliklar tarkibiga erkin agent sifatida qo‘shilgandi.
“Selta” bu futbolchi bilan 2024 yilning yozigacha bitim tuzgan va primeradagi ilk mavsumida 23 ta o‘yinda maydonga tushgan yarim himoyachini “Real”ga 10 million evroga sotib yuborishi mumkin.
Fikrlar