“Real” yulduzi “Barsa” taklifini qabul qilishga tayyor

  • 7 mart, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning eng taniqli futbolchilaridan Marko Asensio kelasi mavsumni ashaddiy raqib – “Barselona” safida boshlashi mumkin.

Tecno

Sport.es saytining xabar berishicha, 27 yoshli hujumkor o‘yinchi kataloniyaliklarning taklifini o‘rganib chiqishga tayyor. Chunki Asensioning “Real”dagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda, “Barelona” esa tajribali futbolchiga anchadan beri jiddiy qiziqyapti.

Asensio jamoaning oxirgi ikki uchrashuvini o‘tkazib yubordi. “Betis”ga qarshi avvalgi bahsda bosh murabbiy Karlo Anchelotti futbolchini mashq qilishga yubordi. Asensio yarim soatdan ko‘p shug‘ullanganiga qaramay, baribir maydonga tushirilmadi. Bu holat Markoning jiddiy noroziligiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Asenio oldida “Barselona”dan tashqari “Milan” va “Arsenal” variantlari ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!