
"Real" yulduzi "Barselona"ga o‘tmoqda, muzokaralar boshlangan
"Real" vingeri Marko Asensio faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin turibdi.
"Diario Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi xizmatiga "Barselona" jiddiy qiziqish bildiryapti. Kataloniyaliklar rahbariyati futbolchining agenti bilan uchrashib, transferni muhokama qilgan.
27 yoshli Marko so‘nggi paytlarda "qaymoqranglilar" tarkibida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shu bois uning o‘zi ham ketishni istamoqda. Jorje Mendesh uni APLning boshqa klublariga ham taklif qilgan.
Asensio joriy mavsum madridliklar safida 22 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 gol va 5 assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar