“Real” yulduzi boshqa superklubga o‘tadi

  • 30.03.2022 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” jamoani tark etadigan Paulo Dibala o‘rniga “Real”ning hujumkor futbolchisi Marko Asensioni tanladi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar tarqatdi.

Marko Asensio 2016 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Endi ispaniyalik futbolchi yangi jamoada o‘zini sinab ko‘rmoqchi. Asensio har ikki qanot hujumida va hujumkor pleymeyker pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynay oladi.

Uning madridliklar bilan shartnomasi yana bir yildan keyin yakunlanadi. Klubda hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha hali taklif bo‘lmadi.

Joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol urgan futbolchini olish uchun turinliklar 40 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!