“Real” yulduzi: Bu sovrin uchun xotinimdan voz kechaman!

  • 27.05.2022 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

28 may kuni “Real” Chempionlar ligasi finalida “Liverpul” bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv oldida “Real”ning yosh yulduzlaridan biri Federiko Valverde o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Chempionlar ligasi har bir futbolchi uchun ajoyib sovrin hisoblanadi. Bu sovrin uchun men ko‘p narsaga tayyorman. Albatta, o‘g‘lim borasida hech narsa qila olmayman. Lekin sovrin uchun xotinimdan voz kechishim mumkin, - dedi Valverde.

Eslatib o‘tamiz, “Real” faoliyati davomida jami 17 marotaba Chempionlar ligasi finaliga chiqqan. Shulardan 13 tasida madridliklar bosh sovrinni o‘ziniki qilib olgan.

“Qirollik klubi”ning finaldagi raqibi “Liverpul” hal qiluvchi bahsda o‘ninchi marta qatnashadi. Angliyaliklar jami olti marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!